Jamiyat | 15:34 / 15.02.2018
31380
1 daqiqa o‘qiladi

“O‘zstandart” O‘zbekiston bozoriga kirib kelgan xavfli mahsulot haqida ogohlantirdi

“O‘zstandart” agentligi inspektorlari tomonidan iste'mol bozoriga oid ma'lumotlarni o‘rganib chiqish va tahlil qilish natijasida sifatsiz hamda inson salomatligiga zarar yetkazish mumkin bo‘lgan mahsulot turi aniqlandi.

Ushbu tovar yuz uchun gel bo‘lib, nomi — Lift gel activateur. NEWA savdo belgisi ostida Isroilda ishlab chiqarilgan. 

Mutaxassislarning bildirishicha, gel tarkibida aniqlangan N-nitrozodietanolamin (NDELA) moddasi kanserogen hisoblanib, xatarli o‘smalarning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Foto: O‘zstandart

Mavzuga oid