09:50 / 16.02.2018
24450

Suv ta'minoti nazoratchilari vazifasi Bosh prokuratura byurosiga o‘tkazildi

Foto: homeowneroffers

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta'minlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Hujjat bilan Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Moliya vazirligi va Bosh prokuraturaning quyidagi takliflari ma'qullandi:

“Suvoqava” va “Suvsoz” DUKda 2 852 nazoratchilar shtat birligini qisqartirish;

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosiga qo‘shimcha 2 852 shtat birligini ajratish. Jumladan, davlat ijrochilari – 939, davlat inspektorlari – 1 262, Byuroning boshqa xodimlari – 651;

Byuroga Rivojlanish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan fuqaro-huquqiy shartnomalar asosida yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun mutaxassislar hamda boshqa shaxslarni jalb etish huquqi;

Bundan tashqari, 2018 yilning 1 martidan uy-joy obekti manzili bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan voyaga yetgan jismoniy shaxslar energoresurslar va suv ta'minoti bo‘yicha, tegishli elektr va gaz tarmoqlari, suv ta'minoti tizimlari bo‘yicha yetkazib beriluvchi xizmatlar uchun mas'ul bo‘ladi.

Byuro har oyda iste'molchilarga yetkazib berilgan energoresurslar uchun qarzdorlikni iste'molchilar ma'lumotlari plastik kartalariga xizmat ko‘rsatadigan bank hisob raqamlaridan EKIHning ikki barobaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda undirib olish huquqiga ega bo‘ldi.

Byuro organlariga ishga qabul qilingan pensionerlarga pensiya 100 foiz miqdorda to‘lanadi. 

Top