Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Konor MakGregor O‘zbekistonga kelishi mumkin
Foto: Getty Images
Yengil vaznda UFC chempioni Konor MakGregor joriy yil iyunida O‘zbekistonga kelmoqchi. Bu haqda sports.uz xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, irlandiyalik aralash yakkakurash jangchisi may oyida oilasi bilan Germaniya va BAAga tashrif buyurmoqchi. Yozda esa Osiyoning bir nechta davlatlarida, jumladan O‘zbekistonda bo‘lishni rejalashtirgan.
UFC rahbari Dana Uayt ma'lum qilganidek, Konor chempionlik kamaridan mahrum qilindi. Endi chempionlik kamari uchun Habib Nurmagomedov va Toni Fergyuson ringga chiqishadi. Jang aprelda bo‘ladi. Agar Konor UFC’ga qaytsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri chempionlik jangida ishtirok etadi.
MakGregorning so‘nggi jangi amerikalik bokschi Floyd Meyvezerga qarshi kechgan. Boks qoidalari bo‘yicha o‘tgan jangda Meyvezer 10-raundda MakGregorni nokautga uchratgandi.
Mavzuga oid
23:23 / 10.01.2026
Fransiya AQShdagi UFC turniri sababli G7 sammiti muddatini o‘zgartirdi
19:46 / 07.10.2025
Tramp Oq uy hududida UFC jangi o‘tkazilishini e’lon qildi
18:13 / 12.01.2025
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
18:33 / 15.08.2024