Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyev haqida fikr bildirdi
Foto: Reuters
Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga Leonid Marinichni tayinlash vaqtida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar xususida o‘z munosabatini bildirib o‘tdi, deb yozmoqda “Xalq so‘zi”.
“Biz O‘zbekistonga nisbatan, haqiqatan ham, to‘g‘ri va samimiy bo‘lishimiz kerak, chunki u yerda Belarusni juda hurmat qilishadi. Doim hamkorlikka tayyormiz. O‘zbekiston biz uchun ustuvor davlatdir”, deya alohida ta'kidlagan Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenko.
Belarus yetakchisi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka saylanganidan keyin faol rivojlanib borayotganini qayd etdi. Shu bilan birga, “Shavkat Mirziyoyev juda tajribali, iste'dodli, aqlli va uzoqni ko‘ra oladigan rahbardir”, deya aytib o‘tgan.
O‘z navbatida, Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyev bilan bir necha bor uchrashganini bildirib, “U o‘z mamlakatiga qanchalik ezguliklar istayotganini ko‘rib turibman. Shavkat Mirziyoyev Belarusni yaxshi sherik deb bilganligi biz uchun ham yaxshilik belgisidir. Biz qisqa vaqt ichida juda ko‘p ishlarni amalga oshirdik. Shu bois mening yaqin istiqbolda O‘zbekistonga qiladigan safarim davomida muayyan vaqt ichida bajarilgan ishlar sarhisobi va munosabatlarimizdagi yangi bosqich xususida fikr almashamiz”, deya qayd etgan.
O‘zbekistonda Belarusda ishlab chiqarilayotgan texnikalarga ehtiyoj yuqoriligini inobatga olib, Lukashenko yangi tayinlangan elchiga mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish vazifasini yuklagan.
Mavzuga oid
17:30 / 25.12.2025
Amerikaliklar Lukashenkoning samolyotini tuzatib berishgan va ozish uchun dori tavsiya qilishgan
23:50 / 17.12.2025
Lukashenko unga qarshi namoyish yetakchilarini ozod qildi. Nega?
21:24 / 27.11.2025
Lukashenko sobiq prezident Bakiyevni Qirg‘izistonga bermasligini aytdi
15:36 / 27.11.2025