Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘ng‘irotda «Largus» va «KAMAZ» to‘qnashdi, 3 kishi vafot etdi
Foto: Kruz.uz
1 mart kuni soat 03:30 lar chamasida, Xorazm viloyati Urganch shahri P.Mahmud ko‘chasida yashovchi Yu.K. o‘ziga tegishli “Lada Largus” rusumli transport vositasini Qo‘ng‘irot tumani hududidan o‘tgan A-380 «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneo‘» asfalt yo‘lining 900-901 kilometri oralig‘ida boshqarib ketayotib, ushbu asfalt yo‘lning chekkasida to‘xtab turgan, fuqaro P.T. boshqaruvidagi “KAMAZ” rusumli avtomashinaning tirkamasi orqa tomonidan kelib urilgan. Bu haqda Kruz.uz xabar bermoqda.
Natijada, “Lada Largus” rusumli transport vositasida bo‘lgan yo‘lovchi, Nukus tumani “Kerder” OFYda yashovchilar S.B. va I.S., Qo‘ng‘irot tumani “Qo‘ng‘irot” OFYda yashovchi O.A. voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi vaqtda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:39 / 21.01.2026
Temiryo‘l muzeyi qarshisida ikki avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
12:24 / 20.01.2026
Farg‘onada Captiva dara yo‘lida ag‘darilib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
18:20 / 19.01.2026
Navoiyda yana avtobus ag‘darildi
23:31 / 16.01.2026