03:22 / 28.03.2018
22417

O‘rtoqlik o‘yini. Ispaniya Argentinaga 6ta gol urdi! Iskodan hettrik

Foto: Twitter/FIFAWorldCup

Terma jamoalar o‘rtasidagi navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazildi.

Ispaniya hamda Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi "Vanda Metropolitano"  stadionida kechgan o‘yin kutilmagan natija bilan yakunlandi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv 6:1 hisobida Ispaniya foydasiga hal bo‘ldi. 

G‘olib jamoa safida Isko hettrik qayd etgan bo‘lsa, Diyego Kosta, Alkantara hamda Aspas 1tadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Argentinalikning yagona goli Otamendi tomonidan kiritildi. 

Ispaniya – Argentina 6:1 

Gollar: 1:0 – 12 Diyego Kosta, 2:0 – 27 Isko, 2:1 – 39 Otamendi, 3:1 – 52 Isko, 4:1 – 55 Alkantara, 5:1 – 73 Aspas, 6:1 – 74 Isko.
Ispaniya – De Xea, Pike (Aspilikueta, 72), Alba (Alonso, 79), Karvaxal, Ramos, Inesta (Saul, 56), Koke, Asensio, Alkantara (Parexo, 82), Isko (Vaskes, 76), Diyego Kosta (Aspas, 46).
Argentina – Romero (Kabalero, 22), Roxo, Otamendi, Talyafiko, Maskerano (Pavon, 56), Mesa, Bustos (Merkado, 62), Banega (Peres, 62), Bigliya, Lo Chelso (Akunya, 84), Iguain (Martines, 59).
Ogohlantirishlar: Talyafiko (68), Isko (68), Mesa (81), Roxo (87), Pavon (89), Ramos (89).

Top