Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yerevanda namoyishchilar yetakchisi qo‘lga olindi
Yerevanda politsiya xodimlari muxolifatchilar yetakchisi, deputat Nikol Pashinyanni qo‘lga oldi. Bu haqda Sputnik Armenia xabar tarqatdi.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, Erebun tumani ma'muriyati binosi oldidagi namoyishchilar tarqatib yuborilgan.
Yig‘ilganlarni haydashga politsiyachilar bilan birga «niqobli harbiylar» tashlangan. Huquq-tartibot organlari xodimlari maxsus vositalarni qo‘llashgan.
Qayd etilishicha, namoyishchilar yetakchisi voqea joyidan olib ketilgan.
Bundan oldinroq Armaniston bosh vaziri Serj Sargsyan Pashinyan bilan muzokara o‘tkazish uchun kelgani, ammo muloqot davomida muzokara joyini tark etgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
19:52 / 19.01.2026
BAAda Shayx Zayd mukofoti sovrindorlari taqdirlandi
20:54 / 12.01.2026
Armaniston TIV targ‘ibotchi Solovyov bayonotlari tufayli Rossiya elchisini chaqirtirdi
09:45 / 30.12.2025
Armaniston va Turkiya vizaviy tartibni qisman soddalashtirdi
19:09 / 16.12.2025