Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron Putinga qo‘ng‘iroq qilayotgani tasvirlangan videoni e'lon qildi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron tvitterdagi sahifasida samolyotdan qisqacha videoni joylashtirdi, uning davomida u Avstraliyaga parvozdan avval Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qiladi.
"Vladimir Putin bilan telefon muloqoti o‘tkazdim, bu vaziyatni yana bir bor baholash uchun kerak edi. Eron hech qachon yadro quroliga egalik qilishi kerak emas. Mintaqadagi barqarorlik va xalqaro xavfsizlik shunga bog‘liq. Biz buning ustida ishlamoqdamiz, bu xuddi Suriyada adolatli tinchlik o‘rnatish ustidagi ishga o‘xshash", - deya yozgan Fransiya prezidenti tvitterda fransuz va ingliz tilida.
Makron Avstraliyaga jo‘nab ketishidan avval Putinga qo‘ng‘iroq qilayotgani tasvirlangan videoni ham e'lon qildi.
Kreml matbuot xizmati ham bu borada xabar tarqatdi. Qayd etilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin fransiyalik hamkasbi Emmanuel Makron bilan telefon orqali muloqotda Eron yadroviy kelishuvini muhokama qilgan.
Mavzuga oid
19:59 / 24.02.2026
Putin Qora dengizdagi gaz quvurlarini portlatishga urinish haqida ma’lumot borligini aytdi
11:57 / 24.02.2026
Vadeful: Germaniya Putinning ortidan yalinib yugurmaydi
13:38 / 20.02.2026
Putin biznesdan tug‘ilishni oshirishda faol ishtirokni talab qildi
14:31 / 19.02.2026