Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tunnelga kirgan velosipedchilar poyezd ostida qolishlariga bir baxya qoldi (video)
Braziliyada ikki velosipedchi qarovsiz deb o‘ylagan tunnellari orqali o‘tmoqchi bo‘lganlarida poyezd ostida qolishlariga bir baxya qoldi.
Voqea haqida Facebook’da velosipechilardan biri Jyedson Jil Miranda ma'lum qildi. Aynan uning shlemidagi kamera xavfli vaziyatni tasvirga olgan.
Videoda Miranda do‘sti Felipe Viyeyra bilan bo‘sh tunnelga kirganini ko‘rish mumkin. Kutilmaganda ular poyezd gudogini eshitib, yorqin nurni ko‘rishadi. Qo‘rqib ketgan do‘stlar velosipedlarini tashlab, tunneldan tashqariga chiqishga oshiqishadi. Ular tunneldan chiqib ketishlari bilanoq poyezd ularning yonidan o‘tib ketadi.
“Biz aqlsizlik qildik, temir yo‘l tunnellari ularda velosipedda yoki piyoda yurish uchun mo‘ljallanmagan. Tangriga shukr, hammasi yaxshilik bilan tugadi. Bu boshqalarga o‘rnak bo‘lsin”, deb aytgan Miranda.
Mavzuga oid
08:22 / 20.02.2026
Ilk marta: samolyot harakatlanayotgan poyezd ustiga qo‘nib, yana osmonga ko‘tarildi
10:43 / 13.02.2026
Vodiy–Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd reyslari yo‘lga qo‘yildi
11:00 / 28.01.2026
Rossiya armiyasi yo‘lovchi poyezdiga dron bilan zarba berdi: halok bo‘lganlar bor
15:21 / 26.01.2026