Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampchalik Putinni hech kim yaxshi ko‘rmaydi – Snouden
Foto: RIA Novosti / Mixail Klimentev
Rossiya prezidenti Vladimir Putinni uning amerikalik hamkasbi Donald Tramp kabi hech kim yaxshi ko‘rmaydi, deb aytdi Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq xodimi Edvard Snouden.
Sobiq josusning aytishicha, amerikaliklar maxsus prokuror Robert Myuller Trampning Moskva bilan aloqasi”ni isbotlay olishiga “umid qilmasalar ham bo‘ladi”.
“Dunyoda Putinni Trampchalik hech kim yaxshi ko‘rmaydi. Biroq fikrimcha, odamlar Myuller tergovi Trampga qarshi obektiv isbot topadi, deb haddan tashqari ko‘p narsaga umid qilmoqdalar”, deb aytgan Snouden.
U shuningdek, Rossiya hukumati Trampni “yollagan” bo‘lishi mumkinligiga shubha bildirdi. “Ochiqchasini aytganda, Trampni 3 daqiqa eshitgan odam bu bo‘lmag‘ur narsa ekanligini biladi. Gapini oxirida nima demoqchiligini eslay olmaydigan bunday odamni “josus” sifatida yollashlari dargumon”, deb aytgan Snouden.
Biroq Snoudenning aytishicha, bu Tramp Rossiya bilan hamkorlik qilishni istamaganini anglatmaydi.
Mavzuga oid
12:02 / 10.03.2026
Putin Yevropaga Rossiyadan yana neft va gaz sotib olishni taklif qildi
08:50 / 10.03.2026
Putin Trampga Erondagi urushni yakunlash bo‘yicha variantlarni taklif qildi
17:21 / 08.03.2026
Kreml Putin tabrigining tahrirlanmagan versiyasini e’lon qilib yubordi (video)
08:27 / 06.03.2026