Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirishkorlik pillachilar davlatga pilla sotish rejasini uddalashdi
Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani pillakorlari davlat rejasini respublikada birinchilardan bo‘lib uddalashdi.

Tumanda joriy yilda 1147 ta fermer xo‘jaligi va 776 ta kasanachi zvenolarda jami ming quti ipak qurti jonlantirilib, «Radiant Silk» MChJ shaklidagi qo‘shma korxona bilan kontraksiya shartnomalari imzolangan edi.
«Radiant Silk» MChJ O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi tomonidan tuman pilla yetishtiruvchi mehnatkashlariga 50 foiz miqdorda bo‘nak puli, shuningdek, 50 tonna un, 10 ming litr o‘simlik yog‘i avans tariqasida bosqichma-bosqich berib borildi.
Tuman pillakorlari belgilangan 42 tonna o‘rniga xirmonga 44 tonna sifatli pilla xom ashyosi topshirib, rejani ortig‘i bilan uddalashdi. Ayni paytda tumanda pilla xom ashyosini qabul qilish faol davom etmoqda. Tumanda pilla qabul qilish ishlari iyun oyining boshiga qadar davom etadi va jami 52 tonna pilla topshirilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
17:15 / 06.05.2025
“Buning gashti bor”: uyida ipak qurti boqayotgan oqbo‘yralik oila
07:30 / 20.11.2024
Qashqadaryo viloyati ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi
18:39 / 10.04.2024
Qashqadaryo viloyatida zilzila sodir bo‘ldi
23:09 / 03.08.2023