Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Xitoyning 50 mlrd dollarlik mahsulotlariga boj kiritishga qaror qildi
AQSh Pekin bilan savdo urushi to‘xtatilgani haqida e'lon qilingandan bir haftagina o‘tib Xitoyning 50 mlrd dollarlik mahsulotlariga 25 foizlik boj kiritishi haqida qaror qabul qildi. Bu haqda Oq uy bayonotida aytilgan.
Boj kiritiladigan mahsulotlar ro‘yxati 15 iyungacha e'lon qilinadi. Bundan tashqari, AQSh Xitoy bilan Jahon savdo tashkiloti liniyasi bo‘yicha tortishuvni davom ettirib, investitsiyalar cheklanishi va “muhim sanoat texnologiyalarini xarid qilish bilan bog‘langan” Xitoy kompaniyalari va jismoniy shaxslariga nisbatan “eksport nazorati qat''iylashtirilishi”ni e'lon qilmoqchi.
O‘tgan hafta AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchin AQSh va Xitoy o‘zaro bojlar kiritishni to‘xtatganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
22:12 / 13.03.2026
AQSh Yaqin Sharqqa 5000 dengiz piyodasi va qo‘shimcha kemalarni yuboradi
21:50 / 13.03.2026
Rossiya neft eksportiga qo‘llanayotgan cheklovlar yumshatildi
21:44 / 13.03.2026
Tramp tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti endi o‘zini qiziqtirmasligini aytdi
18:11 / 13.03.2026