11:10 / 29.05.2018
21851

Harbiy xizmatchilarga soliq to‘lovlari bilan bog‘liq qanday imtiyozlar bor?

Foto: KUN.UZ

KUN.UZ tahririyatiga harbiy xizmat bilan bog‘liq turli savollar yo‘llanmoqda. Mudofaa vazirligi yuridik xizmati ushbu savollarga javob berdi.

Savol: Harbiy xizmatchilarga soliq to‘lovlari bilan bog‘liq qanday imtiyozlar bor?

Javob: Harbiy xizmatchilar O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 180, 275 va 308-moddalariga asosan, ularga to‘lanadigan pul ta'minoti, pul mukofotlari va boshqa to‘lovlardan daromad solig‘i to‘lashdan ozod etiladi.

Bundan tashqari: 

Harbiy xizmatchilar qonunchilikda belgilangan hollarda temir yo‘l, havo, suv hamda shahar jamoat transportlaridan bepul foydalanishga haqlidir.

Bundan tashqari, harbiy xizmatchilar xizmatni o‘tash uchun yangi joyga o‘tkazilganda yoki harbiy xizmatdan bo‘shatilganda 10 tonnagacha bo‘lgan shaxsiy buyumlarini havo transtportidan tashqari transportning boshqa turlarida bepul tashish huquqidan to‘liq foydalanadi.

Top