Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov Kim Chen Inga «sirlarga mo‘ljallangan» quticha sovg‘a qildi
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Shimoliy Koreyaga tashrifi davomida KXDR rahbari Kim Chen Inga qo‘lda yasalgan qutichani sovg‘a qildi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Lavrov ular muzokaralar bo‘lib o‘tgan kabinetdan chiqqanidan so‘ng shunday sovg‘ani bergan.
«Men umid qilamanki, bu sovg‘a sizga yoqadi», - dedi Lavrov.
Shuningdek, vazir sovg‘a nimaga mo‘ljallanganini ham aytib o‘tdi.
«Bu kalitcha, bu yerda eng sirli narsalarni ham yashirib qo‘ysa bo‘ladi», - deya hazil qilgan Lavrov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
16:31 / 25.02.2026
Kim Chen In 13 yoshli qizini KXDR yadroviy kuchlari kuratori etib tayinladi
15:55 / 13.02.2026
Kim Chen In qizini voris sifatida tanlab bo‘lgan – Janubiy Koreya razvedkasi
14:43 / 30.01.2026
Kim Chen In KXDRni “o‘zgartirish”ga va’da berdi
13:59 / 21.01.2026