11:14 / 01.06.2018
9806

Abramovich Britaniya vizasi uchun arizasini qaytarib oldi

Foto: These Football Times

Londonning «Chelsi» futbol klubi egasi Roman Abramovich Buyuk Britaniya investitsion vizasini uzaytirish uchun arizasini qaytarib oldi. 

The Sun ma'lumotiga ko‘ra, rossiyalik tadbirkor Isroil fuqaroligini olgani tufayli Britaniya vizasini uzaytirish shart emas, deb hisoblamoqda. Isroil fuqaroligi esa unga Buyuk Britaniya hududida yarim yilgacha qolish imkonini beradi.

Abramovich Britaniya vizasini olish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgach, Isroilga ko‘chib o‘tishga qaror qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abramovich Isroil fuqaroligini olayotgani xabar berilgandi. 

Top