17:58 / 04.06.2018
24374

Medvedevning hukumatda qolgani rossiyaliklarni g‘azablantirdi

Foto: Grigoriy Sysoyev / RIA Novosti

Rossiyaliklarning yarmidan ko‘pi (51 foiz) Dmitriy Medvedev mamlakat hukumati raisi lavozimiga qayta tayinlanganini ma'qullamagan. Bu haqda «Levada-sentr» saytida xabar berildi.

Qarama-qarshi fikrda bo‘lganlar soni 41 foizga teng. Respondentlarning qolgani javob bilan bir qarorga kela olmagan.

Olti yil davomida Rossiya bosh vaziridan norozi bo‘lgan respondentlar ulushi ikki barobarga ortdi (25 foizdan). 2012 yilda Medvedevning bosh vazir lavozimiga kirishishi so‘rovdan o‘tkazilganlarning 59 foizi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

«Obshchestvennoye mneniye» jamg‘armasining may oyidagi tadqiqotlari natijasiga ko‘ra, avvalgi bosh vazir qayta tayinlanishiga rossiyaliklarning 45 foizi qarshi bo‘lgan.

Top