Buenos-Ayresda Niderlandiya qirolichasi Maksimaning singlisi Ines Sorregeta o‘lik holda topildi. Bu haqda La Nacion xabar bermoqda.
Gollandiya hukumati vakili u vafot etganini tasdiqlagan.
«Niderlandiya qirolichasi Maksimaning singlisi Ines Sorregeta chorshanba, 6 iyun kuni kechqurun hayotdan ko‘z yumganini tasdiqlaymiz», - deyiladi bayonotda.
Ta'kidlanishicha, qirolichaning singlisi 32 yoshda bo‘lgan. Uni o‘z xonadonidan topishgan. Hozirda uning o‘limiga nima sabab bo‘lgani noma'lum bo‘lib turibdi.