Jahon | 01:50 / 08.06.2018
7619
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Kim Chen Inni Oq uyga taklif qilishi mumkin

Foto: AP Photo / Alex Brandon

AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashuv yaxshi o‘tishiga umid qilmoqda va uning natijalariga ko‘ra u Kimni AQShga taklif qilishi mumkin.

“Savolingizning ikkinchi qismiga javobim “ha”, agar muzokaralar yaxshi o‘tsa. Fikrimcha, ular yaxshi o‘tishi mumkin”, deb javob qilgan Tramp Shimoliy Koreya yetakchisini taklif qilishi mumkinligi haqidagi savolga.

Tramp, shuningdek, Kim Chen In AQShga kelsa, u bilan uchrashuv Oq uyda o‘tishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid