Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydan O‘zbekistonga charter reyslar yo‘lga qo‘yilmoqda
Foto: Davlat turizm qo‘mitasi matbuot xizmati
Xitoydan O‘zbekistonga charter reyslar yo‘lga qo‘yilmoqda, deya xabar beradi Davlat turizm qo‘mitasi matbuot xizmati.
«Xitoy turistik operatorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, ular Diplomatic VIP and Travel Service turistik kompaniyasi bilan birga joriy yilning avgust oyi oxirlarida Chuntsin, Loan, Sian shaharlaridan charter va to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni tashkil etishga tayyor», - deyiladi xabarda.
Xitoydan kelgan bir guruh turoperatorlar O‘zbekistonda bo‘ldi va infotur doirasida mamlakatning sayyohlik salohiyati bilan yaqindan tanishdi. Guruh tarkibi 18 turoperator va 4 nafar fotosuratchidan iborat edi.
Mehmonlar Xitoy tilidagi yozuvlarni ko‘rishni istashdi, bu xitoylik sayyohlarga kerakli joyni topishda oson bo‘lishi uchun kerak. Shuningdek, ular Xitoy oshxonasiga ega restoranlarni faqatgina Toshkentda topish mumkin ekani, biroq, ular boshqa shaharlarda ham katta qiziqishga sabab bo‘lishi mumkinligiga e'tibor qaratishgan.
Mavzuga oid
10:52 / 25.12.2025
Urganchda tuman sabab ayrim reyslar Buxoroga yo‘naltirildi
09:13 / 25.12.2025
Zelenskiy: Rossiya Xitoy sun’iy yo‘ldoshlari ma’lumotidan foydalangan bo‘lishi mumkin
10:38 / 24.12.2025
Samarqand aeroporti muqobil aerodrom sifatida 5 ta reysni qabul qildi
15:21 / 22.12.2025