Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telegram va WhatsApp'ning "qotili" keng ommaga chiqishi kutilmoqda
Foto: akket.com
SMS-xabarlar o‘z ahamiyatini yo‘qotgan zamonaviy dunyoda WhatsApp, Viber va Telegram messenjerlari auditoriyasi kun sayin oshib bormoqda. Google kompaniyasi buni yaxshi anglagan holda bir necha oy ilgari mazkur servislar "qotili"ni ishlab chiqarishga kirishgan edi.
Chromium Gerrit jamoasi ishlab chiqaruvchilari Google kompaniyasi Telegram va WhatsApp'ning "qotili"ni keng ommaga taqdim etish ustida ishlayotganlaridan xabar topishdi. Gap Android operatsion tizimi bazasidagi barcha smartfonlariga o‘rnatiladigan Android Messages nomli ilova haqida bormoqda. Amerika korporatsiyasi ushbu messenjerdan barcha platformalar va elektron qurilmalarda foydalanish mumkin bo‘lishiga erishmoqchi.
Hozirda Android Messages to‘laqonli messenjer funksiyalaridan mahrum, biroq joriy yil oxirigacha barchasi o‘zgarishi kerak. Ikki oy ilgari Google bu servisning to‘liq qayta ishlanishi haqida e'lon qilgandi. Biroq integratsiya aynan qanday amalga oshirilishi haqida hozircha aniq ma'lumotlar berilmagan.
Faqat barcha ma'lumotlar brauzer doirasida qayta ishlanishigina ma'lum. Bu Android Messages'ning kelgusida har qanday zamonaviy platformada foydalanish imkoni bo‘lgan messenjer bo‘lishi mumkinligidan dalolat beradi. Shunday bo‘ladigan bo‘lsa, tez orada Google Chrome, Mozilla Firefox, Microsoft Edge, Opera va Apple Safari brauzerlari foydalanuvchilari Telegram va WhatsApp'ning "qotili"ga kirish imkonini qo‘lga kiritadi.
Mavzuga oid
08:58
RF sudi Telegram va WhatsApp’ni cheklashga qarshi da’voni rad etdi
12:04 / 27.12.2025
Google Rossiyadan o‘z serverlarining bir qismini olib chiqmoqda
12:15 / 24.12.2025
WhatsApp messenjeri Rossiyada ishi cheklanganini tasdiqladi
14:00 / 23.12.2025