Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: Kim Chen In bilan uchrashuv kutilganidan ham yaxshi o‘tdi
AQSh prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In amaliy tushlikdan so‘ng tashkil etilgan sayr davomida yana bir marotaba jurnalistlar oldiga chiqishdi. Bu haqda ABC telekanali xabar bermoqda.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv «haqiqatdan ham yaxshi» o‘tgan. Uning ta'kidlashicha, juda katta ijobiy qadam qo‘yildi.
«Uchrashuv barcha kutganidan ham yaxshiroq o‘tdi», - deya ma'lum qilgan Tramp.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, yetakchilar sammit yakunlari bo‘yicha hujjat imzolashni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Kim Chen In bilan uchrashgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
16:31 / 25.02.2026
Kim Chen In 13 yoshli qizini KXDR yadroviy kuchlari kuratori etib tayinladi
15:55 / 13.02.2026
Kim Chen In qizini voris sifatida tanlab bo‘lgan – Janubiy Koreya razvedkasi
14:43 / 30.01.2026
Kim Chen In KXDRni “o‘zgartirish”ga va’da berdi
11:34 / 29.12.2025