Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an zarurat bo‘lganda S-400 qo‘llanishi mumkinligini aytdi
Foto: Hurriyet Daily News
Anqara zarurat tug‘ilganda Rossiyaning S-400 zenit-raketa majmualarini qo‘llashga tayyor, deb aytdi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an. Bu haqda Hurriyet Daily News nashri xabar berdi.
“Biz S-400’ni shunchaki sotib olib, uni omborga joylashtirib qo‘ymoqchi emasmiz. Zarurat bo‘lganda uni qo‘llaymiz. Bu mudofaa tizimlaridir. Agar ularni qo‘llamasak, unda nima qilamiz?”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
Erdo‘g‘anning ta'kidlashicha, Anqara bir necha yil davomida AQShdan shunga o‘xshash qurol so‘ragan, biroq rad javobini olgan. Erdo‘g‘anning aytishicha, Turkiya bundan oxir-oqibat “charchagan”.
“Rossiya bizning so‘rovlarga o‘ziga yetarlicha tortuvchi taklif bilan javob berdi. Ular hattoki majmualarni birgalikda ishlab chiqarishgacha borishlarini aytishdi. Ular bizga yaxshi shartlar taklif qilishdi”, deb ta'kidlab o‘tgan Erdo‘g‘an.
2017 yil dekabrda Rossiya va Turkiya S-400 majmualari bo‘yicha kredit kelishuvini imzolashgan. Anqara majmuadan ikkita batareya sotib oladi. Tomonlar, shuningdek, S-400’ni Turkiyada ishlab chiqarishni rivojlantirish sohasida hamkorlik qilishga kelishib olishgan.
AQSh va NATO davlatlari Turkiyaning bu qarorini tanqid qilib kelmoqda.
Mavzuga oid
11:48 / 07.03.2026
O‘zbekistonlik 5 yoshli bemor qiz Turkiyadan olib kelindi
12:30 / 06.03.2026
NATO Eron xavfi ortidan raketaga qarshi mudofaani kuchaytiradi
21:00 / 04.03.2026
NATO havo mudofaasi Turkiya tomonga uchirilgan Eron ballistik raketasini urib tushirdi
18:59 / 04.03.2026