Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 20:50 / 14.06.2018
8035
1 daqiqa o‘qiladi
AQShda dunyodagi eng katta qog‘oz samolyot yaratildi
AQShning Massachusets muzeyi xodimlari uzunligi 19,5 metrni tashkil qiluvchi qog‘oz samolyotni havoga ko‘tarishdi. The Boston Globe nashrining ma'lum qilishicha, ushbu samolyot qog‘ozdan yasalgan eng katta samolyot nomiga da'vogarlik qiladi.
680 kgdan og‘irroq bo‘lgan konstruksiya Fichburg aeroportida kran yordamida ko‘tarilgan.
Loyiha muallifi Jyerri Bekning ma'lum qilishicha, samolyotni yaratish ustida ish 3 yil davom etib, unda 4,5 mingga yaqin kishi ishtirok etgan.
O'tkazib yuborish 6s