Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
16 iyun kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma'lumoti
Foto: Kun.uz
Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 16 iyun kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi 17-19 daraja iliq, kunduzi 32-34 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 18-23 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kechasi 15-20, kunduzi 28-33 daraja iliq bo‘ladi.
Mavzuga oid
18:24 / 14.12.2025
15 dekabrda O‘zbekistonning qator hududlarida qor yog‘ishi mumkin
16:27 / 07.05.2025
Sakkizta viloyatda sel xavfi e’lon qilindi
21:09 / 12.04.2025
Yakshanba kuni O‘zbekiston bo‘yicha qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin
17:50 / 29.03.2025