Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Artel korxonasi O‘zbekiston fuqarolarini muborak Ramazon – Hayit ayyomi bilan qutlaydi
Artel korxonasi barchangizni muborak Ramazon Hayit ayyomi bilan muborakbod etadi.
Ramazon oyi o‘zida barcha insoniylik fazilatlarini mujassam etgan. Bu oy – poklanish, ezgu fikrlar va orzu-havaslar, mehru-shafqat, oliyhimmatlik, muruvvat va chin qalbdan amalga oshiriladigan ezgu ishlar oyidir. Ramazon oyi fikrlarni ezgulikka qaratadi, ruhan yuksaltiradi, savob ishlar qilishga va muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zishga undaydi.
Ramazon Hayit ayyomi O‘zbekistonda keng nishonlanadi. Bayramdan bir necha kun oldin obodonlashtirish ishlari avjga chiqadi, ko‘cha-ko‘y, mahallalar o‘zgacha chiroyli tus oladi.
Yurtimizda bayram kuni qarindosh-urug‘larnikiga, do‘stu-birodarlarnikiga mehmonga borish, yosh bolalarni turli xil shirinliklar bilan siylash, ularni turli o‘yingohlarga sayrga olib chiqish, qo‘ni-qo‘shnilarga tayyorlangan pishiriq va taomlar ulashish kabi urf-odatlar mavjud.
Artel korxonasi barchangizni Ramazon Hayit ayyomi bilan muborakbod etadi. Ushbu qutlug‘ kunda barchangizga mustahkam sog‘lik va salomatlik, xonadoningizga qut-baraka va baxt-saodat yor bo‘lishini tilaydi. Orzu havaslaringiz amalga oshishini, shodlik, quvonch, salomatlik, omad uzluksiz yo‘ldoshingiz bo‘lishini tilaydi. Xonadoningizni ziyo va nur hech qachon tark etmasin, yurtimiz doimo tinch, xalqimiz farovon, osmonimiz esa doimo musaffo bo‘lsin!
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
17:44 / 25.03.2025
Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonda joriy Ramazon oyi 29 kunda yakunlanishi kutilyapti. 30 mart Hayit bo‘lishi mumkin
10:32 / 01.03.2025
Saida Mirziyoyeva Ramazon oyi munosabati bilan o‘zbekistonliklarni tabrikladi
22:08 / 28.02.2025
Shavkat Mirziyoyev Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘lladi
17:09 / 28.02.2025