Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Toshkentdagi «Ezidyor» to‘yxonasini buzish ishlari boshlandi
Tashkent City qurilishi rejalashtirilgan hududda joylashgan «Ezidyor» to‘yxonasida buzilish ishlari boshlandi. Shuningdek, to‘yxonaga yondash joylashgan «Bellona» mebellar saloni va boshqa binolar ham buzilmoqda.
«Kun.uz» fotomuxbiri voqea joyida bo‘lib, jarayon tasvirlarini uzatdi.
Toshkent shahri Shayxontohur tumani hududidagi to‘yxona buzilishi haqida aprel oyida ma'lum qilingandi. Shuningdek, ushbu tuman hududida joylashgan yana bir obekt - «Mumtoz» tantanalar zali ham «Suzuk ota» ziyoratgoh-majmuasi qurilishi doirasida buziladi.
Biroz avvalroq Toshkent shahar hokimiyati «Ezidyor» to‘yxonasining egasiga «Versal» berilishi, «Mumtoz» to‘yxonasi rahbariyatiga mulklarining buzilishi tufayli Toshkent shahar hokimiyati balansida bo‘lgan «Sayohat» restorani berilishi ma'lum bo‘lgandi.
Ma'lumot uchun, «Suzuk ota» ziyoratgoh-majmuasi 2018 yil sentabrida foydalanishga topshirilishi kutilmoqda. Tashkent City’ning qurilishi esa 2021 yilga qadar davom etadi.















Mavzuga oid
19:10 / 25.12.2024
Tashkent City bog‘ida 10 yanvargacha avtomobillar harakati cheklanadi
07:53 / 16.10.2021
Tashkent City’dagi bog‘ xususiylashtiriladi
11:54 / 14.10.2021
Tashkent City bog‘iga kirish yana bepul bo‘ldi
12:45 / 18.08.2021