20:23 / 18.06.2018
3466

2017 yilda 730 mingga yaqin odam Yevropa ittifoqida boshpana so‘ragan 

Foto: RIA Novosti / Irina Kalashnikova

2017 yilda uchinchi davlatlardan 728 mingdan ko‘proq odam Yevropa ittifoqi davlatlarida va ittifoq bilan uyushgan Norvegiya hamda Shveytsariyada boshpana so‘ragan. Bu haqda 18 iyunda Yevropaning boshpana taqdim qilish bo‘yicha idorasi EASO ma'lum qildi. 

Idora ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yilga nisbatan boshpana so‘rovchilar soni 44 foizga kamaygan. 2016 yilda 1,3 mln kishi boshpana so‘ragan. 

2018 yilning ilk 4 oyida 197 ming kishi Yevropa ittifoqida qochqin maqomi berilishini so‘ragan, bu esa oxirgi 3 yil ichidagi eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.

EASO ma'lumotlariga ko‘ra, boshpana so‘raganlar orasida Suriya, Iroq va Afg‘oniston fuqarolari ko‘pchilikni tashkil qiladi. Qochqinlar tomonidan esa Germaniya, Italiya, Fransiya, Gretsiya va Ispaniyada qo‘nim topishga qiziqish ko‘proq bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top