Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Seul Koreya urushi shu yil tugashiga umid qilmoqda
Foto: Yonhap News
Janubiy Koreya TIV rahbari Kan Gen Xvaning ma'lum qilishicha, Seul Koreya urushi shu yil yakun topishiga umid qilmoqda. Bu haqda «Ryonxap» xabar berdi.
Uning ta'kidlashicha, Janubiy Koreya AQSh bilan bu borada maslahatlashuvlar o‘tkazmoqda, hamda Shimoliy Koreya-Amerika sammitlarida shunday imkoniyat muhokama qilingan.
«Urush yakunlanishi to‘g‘risidagi deklaratsiyaning shu yil oxirigacha imzolanishi - bizning hukumatimiz maqsadi», - deya ma'lum qildi Kan Gen Xva.
Uning so‘zlariga ko‘ra, KXDR yadrosizlanish jarayonini davom ettirishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In yana bir davlat yetakchisi bilan uchrashishi mumkin ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
16:31 / 25.02.2026
Kim Chen In 13 yoshli qizini KXDR yadroviy kuchlari kuratori etib tayinladi
09:42 / 25.02.2026
RF urushga qarshi pozitsiyasi uchun 4 mingdan ortiq kishini ta’qib qilmoqda
12:26 / 19.02.2026
Janubiy Koreya sobiq prezidenti Yun Sok Yol umrbod ozodlikdan mahrum etildi
20:42 / 16.02.2026