Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh prokuratura va BMT o‘rtasida memorandum imzolandi
2018 yil 14 iyun O.Murodov rahbarligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha Boshqarmasiga (BMT NJB) tashrif buyurdi.
BMT Bosh kotibining muovini, BMT NJB Ijrochi direktori Yuriy Fedotov delegatsiya bilan uchrashuv davomida O‘zbekistonda kechayotgan yangilanishlarning yuqori dinamikasini e'tirof etdi.
Ikki tomonlama hamkorlikni muhokama etish jarayonida Yu.Fedotov tomonidan 2017 yil noyabr oyida Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv va imzolangan Hamkorlik yo‘l xaritasining ahamiyatini ta'kidlandi.
Xorijiy hamkorlarga O‘zbekistonda inson huquqlari, jamoat tartibi va xavfsizlikka raxna soluvchi global tahdidlarga qarshi kurash sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar yuzasidan ma'lumot berildi.
Xususan, davlatning jinoyat-huquqiy siyosati jinoyat oqibatlari bilan kurashish yo‘nalishidan qonunbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi va oldini olishga tomon o‘zgarayotganligi hamda bu jarayonda prokuratura organlarining alohida o‘rni ta'kidlandi.
Uchrashuv mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va BMT NJB o‘rtasida o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolanib, unda transmilliy uyushgan jinoyatchilik, korrupsiya va boshqa jinoyatlar yuzasidan hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari va shakllari belgilandi.
Imzolangan hujjatning amaliy tatbiq etilishi masalalari muhokama qilinib, Memorandum hamkorlikni yangi sifat darajasiga ko‘tarish maqsadini ko‘zlashi ta'kidlandi. Xususan, o‘zaro amaliy hamkorlik yuzasidan aniq tadbirlar rejasi tuzish masalasida kelishuvga erishildi.
Bu borada Departament direktori D.Brandolino, shuningdek adliya, terrorizmga qarshi kurashish, kiberjinoyatchilik, noqonuniy pul aylanmasi va boshqa seksiya rahbarlari bilan ishchi uchrashuvlar tashkil etildi.
Tavsiya etamiz
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Afg‘onlar deportatsiyasi, Tojikistonga yordam, AES va matbuotga ta’sirning qirqilishi – MO hafta ichida
Jahon | 12:14
-
🔴 LIVE: 15 avgust, Alyaska. Katta uchrashuvdan kutilmalar
Jahon | 11:22
-
Putin Donbass evaziga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishini aytgan. Zelenskiy javob qaytardi
Jahon | 10:17
-
Sea Breeze'ga ruxsat, chorasiz maktablar va yopiq budjet - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 10:00
Mavzuga oid

23:15 / 05.08.2025
BMT konferensiyasida o‘zbek hovlisi ko‘rinishida qurilgan O‘zbekiston pavilyoni namoyish etildi

18:37 / 05.08.2025
Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi

15:46 / 05.08.2025
Shavkat Mirziyoyev: «Dengizga chiqish yo‘li bo‘lmagan davlatlar jahon savdosida teng sharoitlarda ishtirok etishi – adolat masalasi»

01:00 / 04.08.2025