Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda yangi viloyat tashkil etildi
Qozog‘istonning Janubiy Qozog‘iston viloyati o‘rniga Turkiston viloyati tashkil etildi. Yangi viloyatning ma'muriy markazi etib Turkiston shahri belgilandi. Chimkent esa respublika miqyosidagi shahar maqomini oldi. Bu haqdagi farmonni Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev imzoladi.
Nazarboyev farmonni imzolash marosimidagi nutqida Chimkent Ostona va Olmaota bilan bir qatorda aholisi bir milliondan ko‘proq bo‘lgan shaharlar qatoriga kirganini ta'kidlab o‘tgan.
Qozog‘iston prezidenti yangi tashkil etilgan viloyat yangi ma'muriy vazifalarni sifatli amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlarga egaligini aytgan va qabul qilinayotgan qaror muhim tarixiy ahamiyatga egaligini ta'kidlab o‘tgan.
“Chimkent nafaqat bizning mamlakat, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasining investitsiyalar, texnologiyalar va intellektual zaxiralarni jalb qilish markaziga aylanadi. Buning uchun barcha sharoitlar va zarur salohiyat mavjud”, deb aytgan Nazarboyev.
Mavzuga oid
17:53 / 24.11.2025
Qozog‘istonning SCAT aviakompaniyasi O‘zbekistonga yangi reyslarni yo‘lga qo‘yadi
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025