Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy harbiy bojxona institutiga kirish tartibiga o‘zgartirish kiritildi
Foto: customs.uz
Oliy harbiy bojxona institutiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritildi, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” kanali.
Oliy harbiy bojxona institutiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandi oltinchi xatboshisiga o‘zgartirish Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, Oliy harbiy bojxona institutiga o‘qishga qabul qilishda nomzodlarning bo‘yi 165 sm dan (qiz bolalar uchun 160 sm) past bo‘lmasligi belgilandi.
Ilgari amal qilgan tartibga ko‘ra nomzodlarning bo‘yi 170 sm (qiz bolalar uchun 165 sm)dan kam bo‘lmasligi lozim edi.
Mavzuga oid
10:23 / 24.10.2025
Mediatsiya institutini takomillashtirish boshlanyapti
14:25 / 22.10.2025
Toshkentda Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish instituti tashkil etiladi
13:33 / 08.10.2025
Urganch davlat tibbiyot instituti faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
12:11 / 18.09.2025