11:27 / 20.06.2018
4307

Eron OPeK+ uchrashuvida qatnashishdan bosh tortdi

Foto: AP

Eron neft vaziri Bijor Nomdor Zangoniyning e'lon qilishicha, 23 iyun kuni OPeK+ uchrashuvida ishtirok etmaydi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.

OPeK davlatlari juma, 23 iyun kuni kartelga kirmaydigan mamlakatlar bilan neft qazib olish hajmlarini oshirish masalasini muhokama qiladi. AQSh bozordagi resurs qiymati pasayishi uchun shunday choralar tarafdori bo‘lib turibdi; Rossiya ham qazib olishni oshirishni qo‘llab-quvvatlayotgani yo‘q.

«Men biz bu uchrashuvda bir kelishuvga erishishimiz mumkin ekaniga ishonmayman. OPeK - AQSh prezidenti Donald Trampning yo‘riqnomalariga amal qilishi shart bo‘lgan tashkilot emas», - dedi Zangoniy.

Eronlik vazirning qo‘shimcha qilishicha, Avstriya poytaxti Vena shahrini juma kunigacha, OPeK+ muzokaralari boshlanguniga qadar tark etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Rossiyaning neft bo‘yicha taklifini bloklashi xabar qilingandi

Mavzuga oid
Top