00:13 / 20.06.2018
9210

Qirg‘iziston Rossiya bilan migratsion amnistiya bo‘yicha kelishuvga erishdi

Foto: Qirg‘iziston Prezidenti matbuot xizmati

Rossiya va Qirg‘iziston Rossiyada ishlovchi qirg‘iz mehnat muhojirlariga nisbatan amnistiya qo‘llanishi bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Bu haqda Bishkekda Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Rossiya davlat dumasining mudofaa qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Viktor Zavarzin bilan uchrashuvda ma'lum qildi. 

Xabarda ta'kidlanishicha, Jeenbekov bunda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yaqinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvga murojaat qilgan. Uning aytishicha, o‘shanda ikki yetakchi “dolzarb muammolarni muhokama qilishga” erishishgan. 

Putin va Jeenbekov 14 mayda Sochida va 14 iyunda Moskvada uchrashishgan. O‘sha uchrashuvlar davomida ikki tomonlama hamkorlikning turli masalalari muhokama qilingan.  

Jeenbekovning aytishicha, ayni vaqtda Moskva va Bishkek o‘rtasida jumladan xavfsizlikni ta'minlash sohasida “faol siyosiy muloqot” olib borilmoqda. 

Qirg‘izistonning ma'lum qilishicha, ayni vaqtda respublikadan tashqarida 800 mingga yaqin qirg‘izistonlik mehnat qiladi. Ulardan 600 ming nafari Rossiyada ishlaydi. Bugungi kunda Rossiya migratsiya idoralarining qora ro‘yxatida turli qoidabuzarliklarni sodir etgan 100 ming qirg‘izistonlik hisobda turadi.  

Mavzuga oid
Top