21:00 / 21.06.2018
21541

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Kolumbiya terma jamoasiga xizmat ko‘rsatmoqda

Futbol bo‘yicha Kolumbiya milliy terma jamoasi JCh-2018da ishtirok etish uchun «O‘zbekiston havo yo‘llari» xizmatidan foydalanmoqda. Milliy aviakompaniya matbuot xizmatining ma'lumotlariga ko‘ra, Kolumbiya terma jamoasi joriy yilning 18 iyun kuni charter reys orqali «O‘zbekiston havo yo‘llari»ning Boeing-767 samolyotida Barselonadan Rossiyaning Qozon shahriga kelgan. 

Ta'kidlanishicha, «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK futbol bo‘yicha 2018 yilgi Jahon chempionatida Kolumbiya terma jamoasiga xizmat ko‘rsatadi. Kolumbiya futbol federatsiyasi milliy terma jamoa a'zolarining Rossiya bo‘ylab parvozlarini amalga oshirishda aynan «O‘zbekiston havo yo‘llari» xizmatidan foydalanishga qaror qilgan. 

JCh-2018 mobaynida aviakompaniya Saransk – Qozon – Samara yo‘nalishi bo‘yicha ham parvozlarni amalga oshiradi. Bundan tashqari, «O‘zbekiston havo yo‘llari» Kolumbiya termasi ma'muriyati, muxlislari va futbolchilarning oila a'zolarini ham Barselonadan Qozonga keltirgan.

Foto: Facebook / bach.hoosier
Foto: Facebook / bach.hoosier
Foto: Facebook / bach.hoosier
Top