22:49 / 27.06.2018
16638

Maykl Jyeksonning otasi hayotdan ko‘z yumdi

Foto: TMZ.com

Pop-musiqa afsonasi Maykl Jyeksonning otasi Jo Jyekson Los-Anjyelesda vafot etdi. TMZ nashri shu haqida xabar berdi.

Bu oyda prodyuser Jo Jyekson saratonning so‘nggi bosqichi bilan shifoxonaga joylashtirildi. U 89 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

Manbada ta'kidlanishicha, bir necha yil avval Joning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sezila boshlangan. 2015 yilda u uch marta yurak xurujini boshidan o‘tkazgan, 2016 yilda esa ma'lum muddat shifoxonada davolanib chiqqan.

Jo Jyekson The Jackson Five guruhi hamda farzandlari Maykl va Janet Jyeksonning musiqiy menejyeri bo‘lgan.

Top