Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolgariya dunyoda aholisi eng tez kamayib ketayotgan davlat deb ataldi
Foto: GlobusNews.net
Bolgariyada aholi soni kamayishda davom etmoqda. BMTning iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti ma'lumotlariga ko‘ra, Bolgariyada aholi soni 7 mlndan kamayib ketgan. Bu haqda Bolgariyada bir kunda 120 kishi tug‘ilib, 193 kishi vafot etgandan keyin ma'lum qilingan.
“Bu og‘ir yangilikdir. Bolgariya demografik o‘lim yoqasida, u o‘lmoqda. Biz dunyoda eng tez kamayib ketayotgan millatmiz”, deb aytgan bolgariyalik akademik Pyotr Ivanov.
Bolgariya aholisini ro‘yxatga olish ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 1946 yilda 7029349 kishi, 1985 yilda esa 8948649 kishi bo‘lgan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Bolgariya aholisi 6999663 kishini tashkil qilmoqda. Shu tariqa, oxirgi 33 yil ichida mamlakat aholisi deyarli 2 mln kishiga kamayib ketgan.
Mavzuga oid
07:36 / 25.02.2026
Qaysi davlatlarda aholi poytaxtda jamlangan? (Xarita)
12:50 / 29.01.2026
O‘zbekiston aholisi 38,2 milliondan oshdi
07:34 / 28.01.2026
Dunyo aholisi rekord darajada: o‘sishni qaysi davlatlar ta’minlayapti?
11:27 / 20.01.2026