19:02 / 03.07.2018
9929

Shahrixon avtomobil maktabi: Malakali mutaxassislar tayyorlash yo‘lida

Qariyb bir asrlik tajriba maktabiga ega, yillar mobaynida malakali pedagog kadrlar tarbiyalagan, viloyatning barcha hududlarida zamonaviy o‘quv tizimida ish olib boruvchi O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Andijon viloyat Kengashi bugungi kun talablari asosida rivojlanish yo‘lidan bormoqda.

 Tashkilotning maqsadi Respublika Qurolli Kuchlarining mudofaa qudratini mustahkamlashga ko‘maklashish, yoshlar va fuqarolarni mehnatga va Vatanni himoya qilishga tayyorlashdan iborat bo‘lib, Qurolli Kuchlar uchun harbiy-texnik mutaxassisliklar, mamlakatda texnik va amaliy sport turlarini rivojlantirish va ommalashtirish avtotransport vositalari haydovchilarini va ommaviy kasblarning boshqa turlari mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish muassasaning ustuvor vazifasidir.

  Shahrixon avtomobil maktabida harbiy-texnik mutaxassislar tayyorlash ikki yo‘nalish bo‘yicha olib boriladi:

 1.“VS” toifali harbiy haydovchilar.

 2. Chavandoz mutaxassislari.

 Xalq xo‘jaligiga ommaviy kasb xodimlari bo‘lgan haydovchilarni tayyorlash esa barcha yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan. O‘quv maskanida - “V”, “VS”, “D” “Ye” toifali transport vositalari haydovchilar tayyorlanadi.

Yangilanish va innovatsion uslubda mashg‘ulot o‘tish maqsadida avtomobil maktabining o‘quv moddiy negizi takomillashtirilib, muassasa auditoriyalarida tinglovchilarning zamonaviy uslubda kasb o‘rganishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi. 

Maskanda hunar o‘rganayotgan harbiy-texnik mutaxassislar (chaqiriluvchilar) hamda fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida sinf xonalari hozirgi zamon talablariga javob beradigan, to‘liq innovatsion g‘oyalar asosida jihozlangan.

Ta'lim maskani avtogarajida yengil va yuk tashuvchi barcha turdagi mashinalar, avtobuslar mavjud.

  Avtomobil maktabida hududda istiqomat qiluvchi nogironlarni haydovchilikni o‘rganishlari uchun maxsus guruhlar tashkil etib boradi. Nogironlar haydovchilikni maxsus jihozlangan  avtomobillarda o‘rganadilar.

 Kuni kecha avtomobil maktabida ko‘pkurash bo‘yicha Respublika musobaqalari o‘tkazildi. Unda Andijon viloyati vakillari faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdilar. 

Elmurod Ermatov, Andijon
KUN.
UZ muxbiri

Top