Shifoxona xodimasi 8 chaqaloq qotilligida ayblanmoqda
Angliyaning Cheshir grafligida politsiya Chester shifoxonasi xodimasini sakkiz nafar chaqaloq qotilligi va yana olti bola hayotiga zomin bo‘lishga urinishda gumon qilib, qo‘lga oldi.
Tergov 2015-2016 yillarda tug‘uruqxona bo‘limida tug‘ilgan 17 bolaning o‘limi yuzasidan olib borilmoqda. Bundan tashqari, o‘lim holatiga olib kelmagan bo‘lsa-da, chaqaloqlar sog‘lig‘ining yomonlashuvi bilan bog‘liq yana 15 holat qayd etilgan. Gumondor shifoxonada kim bo‘lib ishlaganiga doir ma'lumotga aniqlik kiritilmagan.
Tergovning boshlanishiga Britaniya tug‘uruq bo‘limlarining faoliyatiga doir hisobotning taqdim etilishi sabab bo‘lgan. Unga ko‘ra, ushbu shifoxonada boshqa xuddi shunday tug‘uruqxonalarga nisbatan tug‘uruq vaqtidagi va dunyoga kelganidan keyingi ilk to‘rt hafta ichida qayd etilgan bolalar o‘limi holatlari juda ko‘p bo‘lgan.
Mavzuga oid
21:47 / 09.01.2025
FT: Ilon Mask Kir Starmerni Britaniya bosh vazirligi lavozimidan qanday chetlatishni o‘rganmoqda
18:49 / 05.01.2025
Britaniyada noqulay ob-havo sharoiti tufayli qator aeroportlar faoliyati to‘xtatildi
17:38 / 01.01.2025
Yangi yilning dastlabki 17 soatida 1040 nafar chaqaloq tug‘ildi
16:36 / 30.12.2024