Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In KXDRni «normal davlat»ga aylantirishni istaydi
Foto: AFP
Janubiy Koreya prezidenti Mun Je In barcha tomonlarni Shimoliy Koreyani yadrodan xoli hududga aylantirishga chaqirdi. U KXDR rahbari Kim Chen In ham o‘z mamlakatini «normal davlat»ga aylantirish istagida ekanini bildirib o‘tgan.
«Men Kim Chen Inning vakillari bilan ikki marta uchrashdim. Unda g‘oyaviy qarama-qarshiliklarni to‘xtatib, o‘z mamlakatini normal davlatga aylantirish istagi mavjud. Agar Kimning vakillari denuklearizatsiya bo‘yicha va'dalarida turishsa, ular o‘z xalqiga farovonlik keltirishadi», deya Mun Je Inning so‘zlarini keltirgan «Yonhap» agentligi.
Ayni vaqtda Singapurda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Janubiy Koreya prezidenti qo‘shni davlat bilan iqtisodiy hamkorlik ikki mamlakat uchun ham yangi istiqbollarga ega ekanini ta'kidlab o‘tgan.
Mavzuga oid
16:31 / 25.02.2026
Kim Chen In 13 yoshli qizini KXDR yadroviy kuchlari kuratori etib tayinladi
12:26 / 19.02.2026
Janubiy Koreya sobiq prezidenti Yun Sok Yol umrbod ozodlikdan mahrum etildi
20:42 / 16.02.2026
«Janubiy Koreya - Markaziy Osiyo» birinchi sammiti sanasi belgilandi
15:55 / 13.02.2026