Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxonachilar “Pir”lar olib ketilayotgan avtoulovni to‘xtatishdi
Mamlakatimiz hududiga sifati kafolatlanmagan mahsulotlar kirib kelishini oldini olish maqsadida Farg‘ona viloyati bojxonachilari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qonunbuzarlik holati fosh etildi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, Farg‘ona tumanining “Mindonobod-Farg‘ona” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan fuqaro J.A. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashina Farg‘ona shahri hududida to‘xtatilib, belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
“Ushbu avtomashina yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan, noqonuniy yo‘llar bilan respublikamizga olib kirilgan, har biri 5 litr hajmli tselofan paketga qadoqlangan jami 30 dona “PIR” nomli aroq mahsulotlari borligi aniqlandi”, deyiladi xabarda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
11:00 / 08.03.2025
“Xodimlarning aralashganligi holati aniqlanmadi” – “Yallama” postidan yuzlab avtomobillarning g‘ayriqonuniy olib o‘tilishida bojxonachilar ishtiroki haqida
11:23 / 25.02.2025
Xalqaro avtobus qatnovlarida yo‘lovchi ma’lumoti bojxona postiga oldindan yetkaziladi
20:25 / 24.02.2025
Bojxona postlarida yengil avtomobil va avtobuslar uchun qizil va yashil yo‘laklar joriy qilinishi mumkin
09:31 / 21.02.2025