Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin va Tramp AQShdagi saylovlarga «aralashuv» mavzusini ko‘tarishdi
Foto: REUTERS
Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv yakunlariga ko‘ra Tramp AQShdagi prezident saylovlariga Rossiyaning “aralashuvi” mavzusini ko‘targanini aytdi.
Putin shu munosabat bilan Rossiya AQShning ichki ishlariga aralashmagani va aralashish niyatidamasligini yana bir bor takrorlashiga to‘g‘ri kelganini aytgan.
“Men bir necha bor aytgan gapimni takrorlashimga to‘g‘ri keldi... Rossiya davlati AQShning ichki ishlariga, xususan saylov jarayonlariga hech qachon aralashmagan va aralashishni istamaydi”, deb aytgan Putin.
Putin, shuningdek, amerikalik milliarder Jorj Soros “hamma yerga aralashishini”, biroq bu AQSh pozitsiyasini bildirmasligini, balki shunchaki bir shaxsning pozitsiyasi ekanini aytgan.
“Misol uchun, Soros hamma yerga aralashadi? Bu nima? AQSh davlatining pozitsiyasimi? Yo‘q, bu jismoniy shaxs pozitsiyasi”, deb aytgan Putin.
Putin saylovlarga “aralashuv” masalasi AQShning ichki muammosi ekanini va bu borada AQShda olib borilayotgan tergov to‘xtatilishiga umid bildirgan.
Mavzuga oid
12:59
Trampning tahdidlari va «Hizbulloh» ham urushga qo‘shilishi. So‘nggi ma’lumotlar
12:48
Melaniya Tramp BMT Xavfsizlik kengashi majlisiga raislik qildi
11:16
Rubio: AQSh Eronda rejim ag‘darilishidan umidvor, ammo bu “missiya”ning rasmiy maqsadi emas
09:10