Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp harbiylarning siyosatchilardan ustunligini aytdi
Foto: Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp amerikalik harbiylar rossiyalik harbiylar bilan ikki davlat siyosatchilaridan ko‘ra yaxshiroq chiqishishlarini aytdi. Tramp bu haqda rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashuv yakunlariga ko‘ra o‘tkazilgan matbuot anjumanda aytib o‘tdi.
“Harbiylarimiz o‘zaro chiqishishadi. Ular ehtimol bizning siyosiy yetakchilardan ko‘ra yaxshiroq chiqishadilar. Ular Suriya va boshqa joylarda harakatlarini o‘zaro muvofiqlashtirishadi”, deb aytgan Tramp.
Tramp diplomatiya adovat va mojarolardan ko‘ra ancha yaxshiroq ekanligini aytgan va “Putin bilan muzokarani sermahsul” deb baholagan. U munosabatlarning yomonlashishiga aybni ikki tomon zimmasiga yuklagan.
Ta'kidlanishicha, umuman olganda Tramp va Putin ilk to‘liq formatli uchrashuvlaridan ko‘ngillari to‘lgan.
Mavzuga oid
19:59 / 24.02.2026
Putin Qora dengizdagi gaz quvurlarini portlatishga urinish haqida ma’lumot borligini aytdi
11:57 / 24.02.2026
Vadeful: Germaniya Putinning ortidan yalinib yugurmaydi
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
13:38 / 20.02.2026