Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonlik figurali uchuvchining qotillaridan biri qo‘lga olindi
Olmaotada 19 iyul kechasi figurali uchuvchi Denis Tenning qotilligida gumon qilingan ikki kishidan biri qo‘lga olindi.
Ikkinchi kimsa shaxsi o‘rnatilgan, Politsiya uni qo‘lga olishga harakat qilmoqda. Ma'lum qilinishicha, “jinoyatchi ertami-kech ushlanadi, bu vaqt masalasidir”.
Olmaota markazida 19 iyulda Ten ikki o‘g‘ri uning avtomobili ko‘zgularini o‘g‘irlashi ustidan chiqib qolgan. Ten va jinoyatchilar orasida chiqqan mojaroda jinoyatchilar unga pichoq bilan zarba berishgan. Sportchi sonidan olingan jarohat bilan og‘ir ahvolda markaziy shifoxonaga yetkazilgan, biroq bir necha soatdan keyin vafot etgan.
13 iyunda Ten 25 yoshga to‘lgandi. U Sochidagi Olimpiadaning bronza medalchisi bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:06 / 03.02.2026
2029 yilgi qishki Osiyo o‘yinlari Qozog‘istonda o‘tkaziladi
16:44 / 15.01.2026
Xalqaro Jautikov olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 14 ta medal qo‘lga kiritdi
15:18 / 01.12.2025
Olmaotada og‘ir ahvolga tushib qolgan bir guruh fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi
10:09 / 23.10.2025