09:40 / 20.07.2018
12929

Putin Trampga Donbass bo‘yicha referendum o‘tkazishni taklif qilgan – OAV

Foto: Mixail Pochuyev / TASS

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Xelsinkidagi yakkama-yakka muloqot vaqtida Trampga Donbass hududida referendum o‘tkazishni taklif qilgan. Putin bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi binosida rasmiy shaxslar bilan o‘tgan yopiq uchrashuvda diplomatlarga so‘zlab bergan. Bu haqda ushbu tadbirda ishtirok etgan ikki manbaga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi. 

Putinning taklifi tan olinmagan Donetsk va Lugansk xalq respublikalarining maqomi masalasiga taalluqli bo‘ladi. Bu hududlar aholisi bu borada o‘z fikrini erkin ayta olishi uchun ovoz berishni tashkillashtirish xalqaro hamjamiyat boshchiligida amalga oshirilishi lozim. 

Tramp Putindan bu tashabbusni Xelsinkidagi yakuniy matbuot anjumanda ovoza qilmaslikni so‘ragan. Manbaning aytishicha, bu Trampga ushbu taklifni o‘ylab ko‘rishi uchun zarur bo‘lgan.
 
Oq uyda bu ma'lumotga izoh berilmagan. O‘z navbatida Putinning matbuot kotibi ham buni qilishdan bosh tortgan hamda Rossiya va AQSh rahbarlari uchrashuvida Ukraina bo‘yicha “ba'zi yangi g‘oyalar muhokama qilinganini” aytgan. 

Mavzuga oid
Top