Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni neft eksportining bir qismi to‘xtatilgani haqida ma'lum qildi
Foto: REUTERS
Saudiya Arabistoni energetika vaziri Xolid al-Folihning ma'lum qilishicha, dunyodagi eng yirik neft eksportchisi Bob-al-Mandub bo‘g‘ozi orqali xomashyo yetkazib berish ishlarini vaqtinchalik to‘xtatadi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Aniqlik kiritilishicha, bu Yamanning husiylar qurollangan guruhi ikkita yirik tonnali tankerga hujum uyushtirgani sababli ro‘y berdi.
«Saudiya Arabistoni Bob-al-Mandub bo‘g‘ozi orqali neft yetkazib berishni vaqtinchalik to‘xtatadi. Bu vaziyat aniqlashtirilmagunga qadar va Bob-al-Mandub bo‘g‘ozi orqali tranzit xavfsiz ko‘rinish olmagungacha yuz beradi», - deya aytib o‘tdi Folih.
Mavzuga oid
07:26 / 28.02.2026
Ar-Riyodda 2 kmlik Rise Tower: sayyoradagi eng baland bino quriladi
11:42 / 23.02.2026
Arab davlatlari AQSh elchisining Isroil chegaralari haqidagi so‘zlarini tanqid qildi
17:57 / 20.02.2026
Saudiya Arabistoni Haj mavsumi boshlanishidan oldin Umra ziyoratini vaqtincha to‘xtatadi
22:53 / 27.01.2026