Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gazlangan ichimliklarni sevuvchilar savdo urushi qurboniga aylanishlari mumkin
Foto: iStock
Coca-Cola kompaniyasining bosh direktori Jyeyms Kvinsi AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan joriy etilgan alyuminiy uchun boj to‘lovlari bois zavod ishlab chiqarayotgan ichimliklar narxini oshirish rejalashtirilganini ma'lum qildi. Bu haqda CNBC xabar bermoqda.
«Po‘lat va alyuminiy bahosi oshmoqda. Mehnat bahosi ham oshmoqda», — dedi Kvinsi. U narxlar yil o‘rtasida oshishini aytdi, ammo aynan qachon va qanchaga oshishiga aniqlik kiritmadi. Shuningdek, bu xorijdagi bozorlarga ham tegishlimi yoki faqat AQShgami degan savolga ham oydinlik kiritmadi.
Eslatib o‘tamiz, 1 iyunda AQSh po‘lat importiga 25 va alyuminiy importiga 10 foizlik boj to‘lovlarini joriy etdi. Bunga javoban Yevrokomissiya AQShdan keltiriladigan qator mahsulotlarga boj to‘lovi kiritdi.
Ammo 25 iyulda Yevroittifoq Trampga yon bosishga majbur bo‘ldi. Xususan, tomonlar Yevropaga suyultirilgan gaz eksportini oshirish, buning evaziga Qo‘shma Shtatlardan Yevropaga keltiriladigan qishloq xo‘jalik mahsulotlariga tariflarni pasaytirishga kelishib olishdi.
Mavzuga oid
20:59 / 21.02.2026
Tramp AQSh Oliy sudida yutqazdi. Endi uning agressiv bojlari bekor qilinadimi?
11:00 / 21.01.2026
FIFA™ Jahon chempionati kubogining asl nusxasi yaqinda Toshkentga keladi
20:07 / 20.01.2026
«Imperiya ambitsiyalari yana yuzaga chiqmoqda» – Makron Davos forumida Amerikaga qarshi nutq so‘zladi
22:47 / 04.11.2025