21:55 / 28.07.2018
25518

Jahon chempionatida 8-o‘rinni egallagan Rossiya terma jamoasi futbolchilari taqdirlandi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin terma jamoa futbolchilari va murabbiylari shtabini taqdirladi.

Bosh murabbiy Stanislav Cherchesov eng oliy Aleksandr Nevskiy ordeni bilan, ikki nafar futbolchi — darvozabon Igor Akinfeyev va himoyachi Sergey Ignashevich — Hurmat ordeni bilan taqdirlanishdi.

Terma jamoaning qolgan a'zolari faxriy yorliqlar bilan mukofotlandilar. 

Kremlning Yekaterina zalida o‘tkazilgan tadbir so‘ngida futbolchilar Putinga to‘p va 11-raqamli futbolkani sovg‘a qilishdi.

Avvalroq, shanba kuni Sport vazirligida Rossiya terma jamoasining barcha a'zolari xizmat ko‘rsatgan sport ustasi, murabbiylar esa xizmat ko‘rsatgan murabbiy unvoniga ega bo‘lishgandi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasi jahon chempionatida o‘z tarixidagi  eng yaxshi natijani qayd etib, 8-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Mavzuga oid
Top