Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda yuz bergan YTH oqibatida 9 kishi kasalxonaga yotqizildi
Illyustrativ foto/bashinform.ru
Jizzax viloyatining Sh.Rashidov tumanida 28 iyul kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumanida yashovchi H.T. o‘zining “Neksiya” rusumli avtomashinasini “Toshkent-Termiz” yo‘lining 978-km.da haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay shu yo‘nalishda, oldinda harakatlanayotgan Sh.L. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinasining orqasiga urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Natijada “Neksiya” avtomashinasi motor qismida yong‘in sodir bo‘lib, avtomashina to‘liq yonib ketgan. Unda “Neksiya” avtomashinasi haydovchisi va 7 nafar yo‘lovchi hamda “Damas” avtomashina haydovchisi Sh.L. tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Mavzuga oid
13:39 / 21.01.2026
Temiryo‘l muzeyi qarshisida ikki avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
12:24 / 20.01.2026
Farg‘onada Captiva dara yo‘lida ag‘darilib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
18:20 / 19.01.2026
Navoiyda yana avtobus ag‘darildi
23:31 / 16.01.2026