O‘FA Ektor Kuper bilan muzokara o‘tkazmoqda
Argentinalik mutaxassis Ektor Kuper O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘lishi mumkin.
Ayni paytda, O‘FA xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Diyor Isamiddinov uning huquqshunoslari bilan uchrashish uchun Ispaniyaga uchib ketgan. Agar muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlansa, Kuper 6 avgust kuni Toshkentga keladi va shartnomani imzolaydi, deb xabar beradi Championat.asia.
Ma'lumot uchun, 62 yoshli Ektor Kuperning so‘nggi jamoasi Misr termasi edi. U 2015 yilda misrliklar bilan shartnoma imzoladi. JCh-2018dagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng esa iste'foga chiqarilgandi.
Bunga qadar, murabbiy Argentinaning «Urakan», «Lanus», Ispaniyaning «Malorka», «Valensiya», «Real Betis», «Rasing», Italiyaning «Inter», «Parma», Turkiyaning «O‘rduspor», Gretsiyaning «Aris», BAAning «Al-Vasl» klublarida va Gruziya (2008-2009) terma jamoasida ham faoliyat olib borgan.
Mavzuga oid
17:58 / 20.12.2024
FIFA reytingi. O‘zbekiston milliy jamoasi 2024 yilni 58-o‘rinda yakunladi
21:06 / 28.11.2024
FIFA reytingi. O‘zbekiston milliy jamoasi o‘z o‘rnida qoldi
18:51 / 21.11.2024
Tahlil. Milliy jamoada «3-4-3»ni qanday ishlatyapmiz?
13:11 / 21.11.2024