O‘zbekiston | 14:31 / 10.08.2018
34288
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston avtobozorining necha foizi xorijiy kompaniyalar tomonidan egallangani ma'lum qilindi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekistonda xorijiy kompaniyalar hissasiga avtomobil bozorining 6-8 foizi to‘g‘ri keladi. Bu haqda GM Uzbekistan kompaniyasining Xalqaro press klub materialidagi javobida aytilgan. 

“Bugungi kunda boshqa brend vakillari tomonidan ham avtomobillar Respublikamiz ichki bozorida sotilishi kuzatiladi. Ularning ichki bozordagi ulushi hisobot yili davomida umumiy sotiladigan avtomobillarning 6-8%ga to‘g‘ri keladi”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, asosiy raqobatchilar sifatida Lada (Avtovaz), Hyunday, Nissan, Toyota, Kia brendlariga mansub avtomobillar ko‘riladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq GM Uzbekistan qanday qilib nuqsonli avtomobillar ortga qaytarib olinishi haqida ma'lumot bergandi.

Shuningdek, GM Uzbekistan Cobalt modelini yangilash loyihasi ishlab chiqilayotganini ma'lum qildi.

Mavzuga oid